
[Intro] [four-on-the-floor kick, staccato synth pluck, shaker] [Native Uzbek Pronunciation, Strict Uzbek Pronunciation Only, Clear Native Uzbek Diction] [Verse 1] [smooth male vocals] Tun... **[Verse 1]** Olmazor elas ilg‘anar Dalalarning keng og‘ushida. Oqib yotar oltin jilg‘alar Olmalarning sokin tushida. **[Verse 2]** Shovvasida nurlar qaynagan Xilvatdagi jilg‘aga bordim, Taqdiridan hasrat aylangan Xasta dilni qo‘yib yubordim. **[Pre-Chorus]** Qariqizlar, Yetim yalpizlar Quchog‘ida ketdim hushimdan, **[Chorus]** Cho‘milayotgan sitora qizlar, Olmazorni ko‘rdim tushimda. Da’f qildi kun Million yildirım Qudratin jamlab zarbiga, Voh, o‘ynardi g‘amzada dilim Jilg‘alarning zumrad labida... **[Verse 3]** Tushimni yo o‘ngimni bilmay Qarab qoldim — ko‘zimda vola, Ko‘z o‘ngimda kechagi dilmas, O‘ynardi bir jonsarak bola. **[Bridge]** Dilim, Dunyo dayyuslaridan Qora terga botgan g‘ulomim, Nastarin-day pok hislaridan To‘fonlarni qilgan kulolim, Judo bo‘lding tabiatingdan, Bo‘g‘zingda bor bir shoda mo‘ldir, Judo bo‘lding tariqatingdan, Endi tinchib qafasda o‘ltir. **[Final Chorus]** Dalalardan Shaharga qaytdim, Unda kasga kaslar g‘animdir. Yo‘l bo‘yicha ko‘krak qafasim Qattiq-qattiq mushtladi kimdir... **[Outro]** Tun... Olmazor elas ilg‘anar... Dalalarning keng og‘ushida...

